Londonning «Chelsi» klubi o‘tgan yozda «Vilyarreal»dan 38 million yevro evaziga jamoaga kelib qo‘shilgan hujumchisi Nikolas Jeksonga ishonch bildirishda davom etmoqda.

Jekson bu mavsumda ko‘p vaziyatlarni ko‘kka sovurgani uchun tez-tez tanqid qilindi, ammo agar jurnalist Adrian Kajumbaning fikricha, rahbariyat senegallik futbolchiga ishonishda davom etmoqda. Nikolasning o‘zi ham o‘ziga ishonadi va qattiq ishlashda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining so‘nggi turida Jekson London derbisida «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgandi. Umuman, senegallik forvard joriy chempionatda 5 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/