Rummenigge «Borussiya Dortmund»ni tanqid qildi

Mashhur sobiq futbolchi, hozirda “Bavariya” direktorlar kengashida ishlayotgan Karl-Xayns Rummenigge “Borussiya Dortmund”ni tanqid qildi.

«Borussiya Dortmund» biznes modelini yaratdi va foyda uchun juda ko‘p o‘yinchi sotdi. Sancho «Manchester Yunayted»ga, Xoland «Manchester Siti»ga, Bellingem «Real»ga qo‘yib yuborildi. Bu nafaqat «Borussiya» uchun, balki butun Bundesliga uchun yo‘qotish – chempionat o‘zining jozibadorligini yo‘qotmoqda», – deya sobiq hujumchining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter