«Tottenxem» «Milan» himoyachisini ham short-listiga kiritdi

«Milan» markaziy himoyachisi Malik Tiav «Tottenxem»ning transfer maqsadlaridan biri.

Xabaringiz bor, “shporlar” yanvar oyida himoya markazini kuchaytirish niyatida. Daily Mail xabariga ko‘ra, londonliklarning qisqa ro‘yxatiga avvalroq «Real» qiziqish bildirgan 22 yoshli Tiav o‘rin olgan. Transfermarkt portali nemis futbolchisining narxini 30 million yevroga baholagan.

Manbaga ko‘ra, «Tottenxem» radarida, shuningdek, Mark Gexi (Kristal Pelas), Morato (Benfika), Jarrad Brantueyt (Everton) va Gonsalu Inasiu (Sporting) bor.

Ange Postekoglu shogirdlari 12-turdan keyin Premyer-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Yakshanba kuni poytaxtliklar o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter