«Barselona» sobiq futbolchisi jamoaga ushbu mavsumda muvaffaqiyat tiladi

«Al-Ahli» yarim himoyachisi Frank Kessie o‘zining sobiq jamoasi «Barselona»ga muvaffaqiyatlar tiladi.

26 yoshli ivuarlik futbolchi kataloniyaliklar safida bir yil o‘tkazdi, shundan so‘ng Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi.

“Menimcha, “Barselona”da hozir yaxshi tarkib, ko‘plab sifatli futbolchilar bor. Katta salohiyatga ega yosh futbolchilar ham bor – masalan, Lamin Yamal. Jamoaning saviyasi juda yuqori va umid qilamanki, «Barselona» bu mavsumda yana sovrinlarni qo‘lga kiritadi», – deya Kessie so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

«Barselona» tarkibida Frank Kessie 2022/23 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni va Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter