Bernardu Silva: «Saudiya Arabistoni haqida o‘ylamaganman desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman»

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish haqida o‘ylaganini tan oldi.

Yozda portugaliyalik futbolchiga Saudiya klublari qiziqish bildirishdi va ular shartnoma shartlarini taklif qilishdi. Futbolchi shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirib, «Manchester Siti»da qolishga qaror qildi.

“Bu haqda (Saudiya Arabistoni haqida) o‘ylamaganman desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Meni o‘ziga tortadigan narsa Chempionlar ligasi yarim finalining shiddatliligi, “Real”ga urilgan goldan keyin stadionning ovozini eshitganimda yoki finaldagi g‘alabamizdan keyingi tuyg‘u. Men bundan o‘zimni mahrum qilishni xohlamadim», – deya 29 yoshli yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi City Zone.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter