«MYU» Varanning kelajagi borasida qaror qabul qildi
«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Rafael Varan klubini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
«Qizil iblislar” rahbariyati fransiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, ammo joriy mavsum yakunlanganidan keyingina. Jamoa murabbiylar shtabi jarohatlar tufayli tarkib bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan qochish uchun Varanni yozgacha olib qolmoqchi. Mavsum yakunlangach, mankunianliklar fransiyalik futbolchi borasidagi takliflarni tinglashga tayyor bo‘lishadi.
Oldinroq matbuotda Varan xizmatlariga Italiya va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Himoyachining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/