De Xea MLSga o‘tishga tayyor
«Manchester Yunayted»ning sobiq darvozaboni David de Xea faoliyatini MLSda davom ettirishga tayyor.
90 min ma’lumotlariga ko‘ra, agar ispaniyalik futbolchi AQSHdan taklif tushsa, uni albatta ko‘rib chiqadi.
Oldinroq De Xea Saudiya Arabistoni variantlaridan butunlay voz kechgani xabar qilingandi. Devidning sevgilisi bu mamlakatga ko‘chib o‘tishni xohlamaydi, ammo AQSH bilan variant juda jozibali deb hisoblanadi.
Avvalroq De Xeaning «Inter Mayami»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozdan beri David «Manchester Yunayted»ni tark etgach, erkin agent maqomiga ega bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/