«Real» yarim himoyachisi La Liganing boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin

«Vilyarreal» jamoani kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Todofichajes xabariga ko‘ra, » sariqsuv osti kemasi» «Real»dan yarim himoyachi Dani Sebalyosning transferini maqsad qilgan. Yaqinda «Vilyarreal»ni qabul qilib olgan Marselino, Sebalyos uning o‘yin tizimiga juda mos tushadi, deb hisoblamoqda.

Ayni damda 27 yoshli Sebalyos «Real Madrid»da kam o‘yin o‘tkazmoqda, shuning uchun u o‘zining klubini o‘zgartirishga qiziqishi mumkin. Shu bilan birga, «Vilyarreal» qishda transferni amalga oshirish qiyin bo‘lishini tushunib turibdi.

Qayd etilishicha, Dani Sebalyosning transfer narxi taxminan 15 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter