«Liverpul» 50 million yevroga «Yuventus» iqtidorini sotib olmoqchi

Yaqin kelajakda Luis Dias «Liverpul»ni «Barselona»ga o‘zgartirishi mumkin. Angliya Premyer-ligasi grandi allaqachon kolumbiyalik futbolchiga o‘rinbosar izlamoqda. Todofichajes xabariga ko‘ra, mersisaydliklar «Yuventus»dan Federiko Kyezani sotib olishlari mumkin.

Qayd etilishicha, 26 yoshli Kyezaning maoshi Dushan Vlaxovich darajasiga ko‘tarilmasa, «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, Turin klubi Kyezani 2025 yilning o‘rtalarida tekinga yo‘qotmaslik uchun uni shu yozda sotishi mantiqiy qaror bo‘lishi mumkin.

Federiko Kyezaning «Yuventus»dan «Liverpul»ga o‘tishi 50 million yevroga tushishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter