«Brayton» «Yang Boyz» himoyachisi Jauen Ajam qo‘lga kiritilganini rasman e’lon qildi.
23 yoshli futbolchi «chaykalar» bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, jazoirlik futbolchining transferi «Brayton»ga 13 million yevroga tushgan.
Qayd etish joizki, Ajamning transferi Shveysariya klubi tarixidagi eng qimmat sotuvlar uchligiga kirdi.
O‘tgan mavsumda Ajam barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozrib qo‘ygan. Yangi mavsumda esa futbolchi uchta bahsda maydonga tushdi. Shuningdek, Ajam Jazoir terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida ham uchta o‘yin o‘tkazgan.
«Brayton» APLning birinchi turida «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etgan edi (4:0). Keyingi uchrashuvda Fabian Xyurseler shogirdlari Konferensiyalar ligasi javob o‘yini doirasida «Tromse»ga qarshi bahs olib boradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/