“Real” yulduzi Jud Bellingemning ukasi, yarim himoyachi Job Bellingem kelasi mavsum uchun klubni tanladi. Fabrisio Romanoning yozishicha, Job «Sanderlend»da yana kamida bir mavsum qolishni rejalashtirmoqda.
Bir qator Premyer-liga klublari, jumladan, «Kristal Pelas» Job Bellingemga qiziqish bildirmoqda, ammo 18 yoshli futbolchi «Sanderlend» loyihasiga qiziqmoqda.
Transfermarkt portali mutaxassislari Job Bellingemni 12 million yevroga baholagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/