«Milan» endi «Chelsi» hujumchisiga ko‘z tikmoqda

Yaqinda «Atletiko Madrid»dan Alvaro Morata sotib olinganiga qaramay, «Milan» yana bir hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

CalcioMercato nashri xabariga ko‘ra, «rossonerilar» allaqachon «Chelsi» bilan bog‘lanib, Armando Broya transferi shartlarini muhokama qilishgan.

Iyun oyining birinchi haftalarida «Everton» Albaniya terma jamoasi hujumchisiga da’vo qildi, ammo muzokaralar davom etmadi.

Manbaga ko‘ra, «Milan» Broyani shartnomani faollashtiradigan shartlarsiz sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter