«Real Madrid» Ispaniya terma jamoasining asosiy futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
«An-Nasr» markaziy himoyachisi Emerik Laport «Real»ning nishoniga aylandi.
30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum oxirida «Los-Blankos»ni tark etgan Nacho Fernandesga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. El Larugeroning so‘zlariga ko‘ra, Laportning o‘zi Yevropaga qaytish uchun maoshini bir necha marta kamaytirishga tayyor, ammo uning ketishi dargumon – «An-Nasr» bu kelishuvga qarshi.
Emerik Laport o‘tgan yilning avgust oyida «Manchester Siti»dan «An-Nasr»ga o‘tgan edi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining hozirgi narxini 20 million yevroga baholamoqda va uning Saudiya giganti bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/