«Arsanal» futbolchisi «Lester»ga o‘tishi mumkin

«Arsenal» yarim himoyachisi Ris Nelson «Lester»ga o‘tishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, klublar 24 yoshli yarim himoyachini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish borasida muzokaralar olib bormoqda.

«Lester» «Arsenal» bilan kelishuvga erishilsa, Nelsonni ishontira olishiga ishonchi komil, chunki futbolchi avvalroq bosh murabbiy Stiv Kuper bilan ishlagan.

2023/24 yilgi Premyer-ligada Nelson «Arsenal» tarkibida 15 ta o‘yin o‘tkazgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter