Olimpiadaning futbol bahslaridagi hakamlik oldingilaridan biroz farq qiladi
Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaning futbol bahslarida erkak va ayollardan iborat aralash hakamlar brigadalari ishlaydi.
Ushbu yangilik erkaklar va ayollar ishtirokidagi yo‘nalishlarning 1-tur uchrashuvlariga taalluqli.
Fransiya va AQSH terma jamoalari o‘rtasidagi erkaklar yo‘nalishining bugungi o‘yinini Yael Falkon boshchiligidagi argentinalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi, urugvaylik Anaxi Fernandes zaxira hakami etib tayinlanadi.
25 iyul kuni yamaykalik Daneon Perchment ayollar terma jamoasining Fransiya va Kolumbiya o‘rtasidagi o‘yinida VAR yordamchisi sifatida ishlaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/