Daych «Manchester Siti» futbolchisini «Everton»da ko‘rmoqchi

«Everton» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kalvin Fillips bilan kuchayish niyatida. 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Vest Xem»da ijara asosida o‘ynadi.

Shunga qaramay, Fillipsga Premyer-liga klublari qiziqish bildirishda davom etmoqda. Ulardan biri «Everton» bo‘lib, uning boshqaruvchisi Shon Daych Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisini o‘z jamoasida ko‘rishni juda xohlaydi.

«Fulxem» ham Kalvin Fillips uchun kurashda qolmoqda va «Bavariya»ga ketgan Joau Palinyaning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter