«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya kubogi finalida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin rejasi bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili ham xuddi shu jamoalar turnir finalida to‘qnash kelishgan – o‘shanda «shaharliklar» g‘alaba qozonishgan (2:1).
«Ushbu o‘yinda biz to‘pga egalik qilishni qurbon qilishga majbur bo‘lamiz, chunki «Manchester Siti» bu borada juda yaxshi. Biz asosiy e’tiborni himoyada yaxshi tashkil etishga qaratishimiz kerak – agar bunga erishsak, bizda imkoniyatlar bo‘ladi”, dedi niderlandiyalik murabbiy matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/