«Chelsi» «Vilrreal» posboniga 20 million yevro taklif qildi

Londonning «Chelsi» klubi La Liga klubi darvozabonining transferi ustida ish boshladi.

Enso Mareska jamoasi o‘z safiga «Vilyarreal» posboni Filip Yorgensenni qo‘shib olmoqchi. Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, «ko‘klar» norvegiyalik darvozabon uchun 20 million yevro taklif qilgan. 22 yoshli darvozabon ushbu transfer oynasida «Stemford Brij»ga o‘tishga tayyor.

Qayd etilishicha, «Chelsi» ham bir vaqtning o‘zida futbolchining atrofidagilar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Yorgensen «Vilyarreal»ning asosiy darvozaboni sifatida bir mavsumni o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter