«Barselona» Uilyams bilan og‘zaki transfer kelishuviga erishdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning «Atletik» klubi vingeri Niko Uilyams bilan shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Aaron Dominges xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Uilyams bilan shartnomada har mavsumda maoshni oshirish ko‘zda tutilgan. Xabarlarga ko‘ra, «Barselona»da 60 million yevrolik transfer uchun pul bor, ammo klub yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishda muammoga duch kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter