«Ayaks»ning sobiq himoyachisi Deyli Blind Erik ten Xag qo‘l ostida o‘ynagan vaqtlarini esladi.

«Ten Xag qo‘l ostida «Ayaks» mashina edi, biz tobora yaxshilanib bordik. Menimcha, u «Manchester Yunayted»da ham shunday qila oladi.

U sizga ko‘rgan narsasini aytadigan halol odam. Erik katta qarorlar qabul qilishdan qo‘rqmaydi. Agar bu sizga yoqmasa, boshqa yo‘nalishga borishingiz mumkin», – deya Blindning so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Eslatib o‘tamiz, Blind avval «Manchester Yunayted»da o‘ynagan. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/