Indzagi A Seriyaning boshqa klubini boshqarishi mumkin

«Salernitana» Filippo Indzagini bosh murabbiy etib tayinlamoqchi.

A Seriyaning 8-turidan so‘ng «dengizchilar» atigi 3 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda. Jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Paulo Souza yaqin orada iste’foga chiqarilishi mumkin, klub rahbariyati esa hozirdanoq uning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «Salernitana» Filippo Indzagi bilan muzokara olib borgan – mutaxassis joriy mavsum oxirigacha jamoani boshqarish taklifiga rozi bo‘lgan. Klub yakuniy qarorni seshanba kuni qabul qiladi.

22 oktyabr kuni «Salernitana» «Kalyari»ga qarshi o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter