«Brayton» hozirda bu borada APLda eng uzoq seriyaga ega

Angliyada muxlislar yoqimtoyiga aylanib ulgurgan «Brayton» chempionatining hozirda eng ko‘p gol uradigan jamoalaridan biri hisoblanadi.

Opta xabariga ko‘ra, “chaykalar” APLning 24 o‘yinidan buyon maydonni golsiz tark etmayapti.

Bu hozirda APLdagi eng uzoq davom etayotgan seriya hisoblanadi.

Roberto De Dzerbi shogirdlari APLda 8 turda 16 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter