Bernardu jamoadagi vaziyat qiyinligini tan oldi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva asosiy futbolchilarning yo‘qligi haqida gapirdi.

Yakshanba kuni «shaharliklar» Londonning «Arsenal» jamoasiga muhim o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi (0:1). Jarohat olgan Kevin de Bryuyne va diskvalifikasiya qilingan Rodri uchrashuvni o‘tkazib yuborishdi.

«Men yolg‘on gapirmayman. De Bryuyne va Rodrining bo‘lmasligi katta yo‘qotish edi. Ular so‘nggi yillarda jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lishdi. “Manchester Siti” so‘nggi yetti yil ichida asosiy o‘yinchilarni yo‘qotishga doim to‘g‘ri munosabat bildirgani ham haqiqat. Qaysi tarkib bilan o‘ynashimizdan qat’iy nazar, biz yaxshiroq bo‘lishimiz kerak», – deya Silvaning so‘zlarini keltiradi «Manchester Siti» matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter