Kuman nima uchun Gravenberxni terma jamoasiga chaqirmaganini tushuntirdi

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman «Liverpul» yarim himoyachisi Rayan Gravenberxni bo‘lajak o‘yinlarga chaqirmaslik qarori haqida gapirdi.

«O‘tgan safar u yoshlar jamoasida o‘ynashdan bosh tortgandi. Qolaversa, uning «Liverpul»da o‘yin tajribasi kam edi», – deya Kumanning so‘zlarini keltiradi ingliz OAVlari.

13 oktabr kuni Niderlandiya terma jamoasi 2024-yilgi Yevropa chempionati saralash bahsida Fransiyani qabul qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter