«Ayaks» o‘z tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi

8 oktyabr kuni Niderlandiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan «Ayaks» – «AZ Alkmaar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Amsterdam klubi mavsumning dastlabki 6 o‘yinida 5 ochko to‘pladi – Niderlandiyaning eng titulli klubi tarixidagi eng yomon start.

Shuningdek, «Ayaks» ketma-ket yettita o‘yinda g‘alaba qozona olmadi: Yevropa ligasida 3ta va Erediviziyada 4ta o‘yin.

Bundan tashqari, «Ayaks» 1999 yilning aprelidan beri ilk marta Erediviziyada ketma-ket uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Antirekord 1999 yilda ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdir.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter