Kuman «Chelsi» futbolchisini terma jamoaga chaqirishga majbur bo‘ldi

«Ayaks» yarim himoyachisi Stiven Berguis jarohati sabab Niderlandiya terma jamoasiga oktyabr oyidagi o‘yinlarda yordam bermaydi. Vaziyatni inobatga olib, “apelsinlar” safiga “Chelsi”dan 21 yoshli Yan Masen chaqirildi.

Oktyabr oyida Niderlandiya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati saralashi doirasida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Dastlab Ronald Kuman shogirdlari o‘z maydonida Fransiyaga, keyin esa mehmonda Gresiyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yinlar mos ravishda 13 va 16 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Niderlandiya terma jamoasi hozirda saralash guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter