Raul «Sevilya»ni boshqarishi mumkin
Madridning «Real» klubining afsonaviy hujumchisi Raul «Sevilya» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Marca xabariga ko‘ra, andalusiyaliklar hozirda «Kastilya»ni boshqarayotgan 46 yoshli mutaxassisni yaqinda iste’foga chiqarilgan Xose Luis Mendilibar o‘rniga da’vogar sifatida ko‘rmoqda.
Avvalroq nomzodlar qatorida argentinalik Marselo Galyardo borligi ham ma’lum bo‘lgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/