Braziliyaning Maranense shtati chempionatida ishtirok etayotgan «Moto Klub» jamoasining 45 yoshli murabbiyi Marsinyo Gerreyro bilan kulgili holat yuz berdi.
«Imperatris» jamoasiga qarshi navbatdagi o‘yin boshlanishidan oldin u hibsga olingan. Sababi aliment to‘lanmaslik, deya aniqlik kiritmoqda Gllobo Esporte.
Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, u shu sababdan oltmish kungacha qamoqda qolishi mumkin. Murabbiydan ayrilganidan ko‘ngli to‘kilgan «Moto Klub» o‘yinda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu sababli, klub rahbariyati murabbiyni ishdan bo‘shatish orqali absurdga hissa qo‘shishga qaror qildi. Shuning uchun u aliment to‘lash uchun muqobil yo‘l bilan pul topishi kerak bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/