Mourinyo «MYU»ga qaytishi mumkin
«Roma»ning endilikdagi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo «MYU»ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mayk Kigan xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis «qizil iblislar»ning yangi rahbariyati bilan ishlashga tayyor. Jurnalistning ta’kidlashicha, Mourinyo «Manchester Yunayted»da tugallanmagan ishi bor deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik murabbiy 2016 yildan 2018 yilgacha ingliz grandini boshqargan. Bu vaqt ichida u jamoa bilan Liga kubogi, Angliya Superkubogi va Yevropa ligasida zafar quchdi.
Avvalroq, 61 yoshli Mourinyo 2021 yildan buyon ishlab kelayotgan Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyligidan ozod etilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/