Ten Xag Reshford borasida fikr bildirdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasi hujumchisi Markus Reshford haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “qizil iblislar” forvardi Belfastdagi tungi klubga tashrif buyurgan edi.
«Markusning ishi yopildi. U mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, qolgan hamma narsa ichki masala. Tamom. Hurmatsizlik? Bu borada hech qanday gap yo‘q. Klub juda aniq bayonot berdi, endi biz bor e’tiborimizni futbol o‘yinlarida g‘alaba qozonishga qaratishimiz kerak», – dedi ten Xag.
Avvalroq Markus partiyada ishtirok etgani uchun 764 ming yevro jarimaga tortilgani ma’lum bo‘lgandi. Joriy mavsumda Reshford Angliya Premyer-ligasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/