«Atletiko» «Valensiya» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi

Markaziy himoyachi Gabriel Paulista Madridning “Atletiko” klubiga o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, futbolchi “Atletiko” bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. U Madrid klubida 4-raqam ostida o‘ynaydi. Paulistaning avvalgi klubi «Valensiya» edi.

«Xush kelibsiz, Paulista! – deyiladi klub bayonotida.

33 yoshli Gabriel Paulista 2017 yildan beri «Valensiya»da o‘ynab kelmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida himoyachi “ko‘rshapalaklar” safida 18 ta o‘yin o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter