Kroos yaqin orada Germaniya terma jamoasiga qaytganini e’lon qilishi mumkin

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos yaqin orada Germaniya terma jamoasiga qaytishini e’lon qilishi mumkin.

Jurnalist Mario Kortexananing xabariga ko‘ra, germaniyalik yarim himoyachi yozda bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida «Bundestim»ga yordam berishga moyil.

Eslatib o‘tamiz, Kroos 2021 yilda Yevropa chempionatidan so‘ng Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi. Biroq, Toni yirik uy turnirida ishtirok etish uchun qarorini qayta ko‘rib chiqishga tayyor.

Avvalroq Kroos 2014 yilda Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgandi. Futbolchi hali Yevropa chempionatini zabt etmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter