Soboslai: «Bredli ajoyib o‘yin ko‘rsatdi»

Angliyaning «Liverpul» klubi juda ishonchli futbol namoyish etishda davom etmoqda va «Chelsi»ni mag‘lub etdi. Jamoaning gollaridan birini Dominik Soboslai kiritdi. U Konor Bredlini alohida ta’kidlab, jamoasining yana bir muvaffaqiyatli o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Konor juda yaxshi o‘ynadi. Gol, ikkita golli uzatma. U uchun ajoyib kun. Bizda shunday futbolchi borligi juda yaxshi. Bunday golli uzatma uchun undan minnatdorman. Balki bu bosh bilan urgan birinchi golimdir», – dedi Soboslai BBC Sport bilan suhbatda.

Keyingi turda «Liverpul» Londonda «Arsenal»ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter