Gvardiola: «De Bryuyne maydonda o‘zini yetakchi ekanligini allaqachon ko‘rsatgan»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jarohati tufayli mavsumning birinchi yarmini katta qismini o‘tkazib yuborgan yarim himoyachi Kevin De Bryuynening yetakchilik fazilatlarini yuqori baholadi.
«De Bryuyne allaqachon maydonda o‘zini yetakchi ekanligini ko‘rsatib bo‘lgan. U o‘yin oldidan ko‘p gapiradigan futbolchi emas, lekin maydonga tushganida o‘zining yetakchilik fazilatlarini namoyon etadi. Bizda ajoyib xarakter ega ko‘plab futbolchilar bor. Kevin ulardan biri», – dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Angliya Premyer-ligasining ushbu mavsumida 32 yoshli De Bryuyne ikkita o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/