Song Kamerun terma jamoasidan ketadi

Afrika Millatlar kubogi 1/8 finalida Nigeriya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan Rigober Song Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etiladi, deb xabar bermoqda Cfoot nashri.

Kamerun terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi guruh bosqichida bir marta g‘alaba qozonib, bir marta durang o‘ynadi va bir marta mag‘lub bo‘ldi hamda yakunda to‘rt ochko bilan turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oldi va 1/8 bosqichida musobaqani tark etdi.

Song Kamerun terma jamoasini 2022 yilning mart oyida qabul qilib olgan va o‘shandan beri uning boshchiligida milliy terma jamoa 23ta o‘yin o‘tkazib, oltita o‘yinda g‘alaba qozongan, sakkizta durang va to‘qqiztasida mag‘lub bo‘lgan.

 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter