Italiyaning «Komo» klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Barselona» vingeri Ansu Fatini jamoaga taklif qilinishi mumkinligi haqida gapirdi.

Avvalroq Italiya jamoasi 22 yoshli futbolchini ijaraga olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

– Ansu Fati haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday narsa yo‘q», – deya Fabregasning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda Fati barcha musobaqalarda sakkizta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham gol urmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/