Tata Steel Chess. Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rinni egalladi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida 17 yanvardan 2 fevralgacha bo‘lib o‘tgan Tata Steel Chess 2025 musobaqasi yakunlandi. Bu yilgi turnirda dunyoning yetakchi grossmeysterlari ishtirok etishdi va musobaqa yuqori darajadagi partiyalar bilan yodda qoldi.
Masterlar turniri natijalari:
«Masters» turnirida ikki hindistonlik shaxmatchi — Gukesh Dommaraju va Pragnanandxa Rameshbabu 8,5 ochkodan to‘plashdi. G‘olibni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan «tay-brek» bahslarida esa omad Pragnanandxaga kulib boqdi.
Nodirbek Abdusattorov esa 8,0 ochko bilan turnirda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Chellenjers turniri natijalari:
Chellenjerlar turnirida Tay Day Van Nguyen 9,5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Uning bu muvaffaqiyati kelgusi yilgi «Masters» turnirida ishtirok etish huquqini beradi. Nodirbek Yoqubboyev 8,0 ochko bilan 4-o‘rinni egalladi.
Manba: stadion.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/