Antoni «Betis»dagi ilk uchrashuvida o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

«Manchester Yunayted» vingeri Antoni Ispaniyadagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi.

Braziliyalik futbolchi «Betis» uchun yakshanba kuni La Liga doirasida «Atletik Bilbao»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. 15-daqiqadayoq Antoni Isko tomonidan urilgan jamoasining birinchi golida ishtirok etdi. Final hushtagi yangragach, 24 yoshli futbolchi sevilyaliklar safidagi debyut uchrashuvida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, Antoni joriy mavsum oxirigacha «Manchester Yunayted»dan «Betis»ga ijaraga berilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter