«PSV» tarixida bu hodisa ilk marta sodir bo‘ldi
Niderlandiya chempionatining 21-turi o‘tkazildi va «PSV» kutilmaganda mahalliy NEK klubiga qarshi bahsda ochko yo‘qotdi.
Bu o‘yindagi barcha voqealar ikkinchi bo‘limda bo‘lib o‘tdi, ellik ikkinchi daqiqada de Yong hisobni ochgan bo‘lsa, 76-daqiqadayoq niderland futboli giganti foydasiga hisob 3:1 ko‘rinishiga kelib bo‘lgandi.
Ammo keyin aql bovar qilmaydigan narsa sodir bo‘ldi. Avvaliga aynan 90-daqiqada Siogai hisobni qisqartirgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar oxirida u hisobni tenglashtirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, «PSV» o‘z tarixida ilk bor Niderlandiya chempionati o‘yinida ikki to‘p farqi bilan oldinda bora turib, g‘alabani qo‘ldan boy bergan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/