Jerrard Angliyaga qaytishi mumkin
Stiven Jerrard yaqinda Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» klubi bosh murabbiyligidan ketganidan keyin klubsiz qoldi.
Daily Mail o‘z sahifalarida xabar berishicha, «Karlayl Yunayted» xo‘jayinlari Jerrardni murabbiylik ko‘prigiga taklif qilmoqchi.
«Karlayl Yunayted» Angliya futbolining to‘rtinchi darajasi bo‘lgan Ikkinchi liga vakili.
U yerdagi jamoa ayni damda turnir jadvalida so‘nggi, 24-o‘rinni egallab turibdi. «Karlayl» boshliqlari Jerrard jamoani quyi ligadan qutqarishi mumkinligiga ishonishadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/