Sancho Reshfordning transferiga munosabat bildirdi
«Chelsi» vingeri Jeydon Sancho Markus Reshfordning «Manchester Yunayted»dan «Aston Villa»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
Birmingemliklar 27 yoshli futbolchini «qizil iblislar»dan sotib olish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Ijtimoiy tarmoqda Reshfordning ketishi haqidagi postga uning sobiq jamoadoshi Jeydon Sancho shunday izoh berdi: «U qaytdi!» – deb yozdi «Chelsi» futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, Jeydon Sanchoning o‘zi hamon «Manchester Yunayted»ga tegishli, ammo klubga qaytmaydi – u sotib olish majburiyati bilan ijaraga berilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/