«Tottenxem» yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi
Radu Dregushin o‘ng tizzasidan jiddiy jarohat oldi.
«Tottenxem» himoyachisi Yevropa ligasi doirasidagi «Elfsborg»ga qarshi o‘yindan so‘ng, xoch bog‘lami yirtilgani haqida The Athletic xabar bermoqda. Ruminiyalik futbolchi bu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.
Dregushin yaqin orada operasiya qilinadi.
Radu joriy mavsumda Premyer-ligada 16 o‘yin o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/