«Bavariya» futbolchisi ko‘proq o‘yin amaliyotini xohlaydi
«Bavariya»ning chap qanot himoyachisi Adam Aznu o‘yin amaliyotini ko‘paytirish uchun Ispaniyaga boradi.
Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, 18 yoshli futbolchi o‘zini muntazam ravishda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan joyda sinab ko‘rmoqchi.
Marokashlikning Germaniyada qolishi kutilgandi, ammo u Ispaniya maydonlarida o‘zini sinab ko‘rishni xohlaydi.
Jurnalist Hanif Ben Berkanning xabariga ko‘ra, yosh qanot himoyachisi «Valyadolid»ga ijaraga berilgan.
Bitim olti oyga mo‘ljallangan va sotib olish imkoniyatini nazarda tutmaydi.
Adam Aznu «Bavariya»ning asosiy jamoasida bor yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazgan. Myunxenga o‘tishdan oldin futbolchi «Barselona» akademiyasida o‘ynagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/