«Barselona» himoyachisi Markos Alonsoga Saudiya Arabistonining ko‘plab klublari tomonidan qiziqish bo‘lmoqda.
Jurnalist Gabriel Sans bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy jamoalar ispaniyalik qanot himoyachisi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
E’tiborlisi, Alonso olgan o‘yin amaliyotidan norozi. Biroq, futbolchi vaziyatni o‘zgartirib, «Barselona»ga foyda keltirishi mumkinligiga ishonmoqda.
Manbaning aytishicha, 32 yoshli Alonso vaziyatni baholash uchun yil oxirigacha kutishga tayyor. «Barselona» himoyachisi yanvar oyidagi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/