Rossiya chempionati. SSKA safarda «Akron»ni yengdi, Abbos Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi, Sherzod Esanov esa…
SSKA safarda RPL 21-turidan o‘rin olgan bahsda «Akron«ni mag‘lub etdi – 2:1.
O‘yinning 36-daqiqasida Kirill Glebov hisobni ochdi. Uchrashuvning 59-daqiqasida Igor Akinfeevning uzatmasidan so‘ng Saul Guarirapa «harbiylar» safidagi debyut golini urdi. 64-daqiqada tolyattiliklar Vladimir Xubulovning goli evaziga oradagi farqni bitta golga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
SSKA safida hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. «Akron» tarkibida esa Sherzod Esanov zaxira qoldirildi.
SSKA 21 o‘yindan so‘ng 38 ochko bilan RPL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. «Akron» 25 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/