Kimmix «Bavariya»ni tark etishga yaqin kelganini esladi

«Bavariya» xavbeki Yozua Kimmix o‘tgan yilning yozida klubni tark etishi mumkinligini esladi.

Yaqinda 30 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi, ammo hammasi butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi: o‘tgan yozda «Bavariya» o‘z yulduzini sotishga tayyor edi.

«Men sotuvga nomzodlardan biri edim. O‘shanda «Bavariya» futbolchilarning maoshlarini qisqartirmoqchi ekani haqida ko‘p gap-so‘zlar bo‘lgandi. Mavsumoldi tayyorgarlik boshlanganidan ko‘p o‘tmay, to‘satdan klub yuziga aylanishim kerakligini aytishdi. Bir necha hafta ichida bunday keskin o‘zgarishga ishonishim qiyin edi. Jamoaga yangi murabbiy keldi, shuning uchun qanday o‘ynashimizni, qanday natijalarga erishishimizni kutishni xohladim.

Eberl va Froynd menga bosim o‘tkazishmadi, qaror qabul qilish uchun vaqt berishdi, chunki ular vaziyatni tushunishdi va men ulardan buning uchun juda minnatdorman,» – deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter