Indzagi: «Trebl yutish qanchalik og‘ir bo‘lishini bilamiz»
«Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi joriy mavsum haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Yakshanba kuni milanliklar A Seriya chempionligi sari yana bir muhim qadam tashlab, asosiy raqiblaridan biri “Atalanta”ni mehmonda (2:0) mag‘lub etishdi.
«Biz bu mavsumda imkon qadar ko‘proq g‘alabali o‘yin o‘tkazishni istaymiz, ammo «Inter» bu qiyin bo‘ladi.
Hammamiz – men, futbolchilar, butun klub va prezident – futbolda trebl yutish qanchalik og‘ir bo‘lishini bilamiz.
Shuning uchun biz o‘yindan o‘yinga oldinga intilamiz», – dedi “neradzurrilar” ustozi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/