Ot sporti. “Uzbekistan Global Tour”da uchinchi bosqich g‘oliblari aniqlandi

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour” musobaqasining navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar bahsida quyidagi sportchilar o‘z yo‘nalishida g‘alaba qozonishdi:

“A” toifasi, 135 sm (to‘siq balandligi): Oqil Sobirjonov (“Paris” laqabli otda);
“D” (120 sm): Saidamirxon Turg‘unboyev (“Cornet BC”);
“B” (115 sm): Dilshod Shokirov (“Kaskat”);
“E” (110 sm): Mila Isroilova (“Shef Blue”);
“C” (105 sm): Asal Saidahmedova (“Karina”);
“F” (95 sm): Mumtozbegim Hakimova (“Champion”);
Boshlang‘ich otlar: Nig‘mat Ismoilov (“Akstafa”).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter