Simeone uzoq yil o‘tib, yana shunday alamli mag‘lubiyat alamini his qildi

«Barselona» «Atletiko»ga qarshi o‘yinda ajoyib kambek qildi. Yakshanba kungi La Liga bahsida mezbonlar 72-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi, ammo yakunda 4:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

«Atletiko» Diyego Simeone boshqaruvidagi barcha yillar davomida birinchi marta ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinda bora turib, yakunda mag‘lub bo‘ldi, deb xabar beradi Carrusel Deportivo.

Oxirgi marta bunday holat «matraschilar» bilan 2007 yilning noyabrida «Vilyarreal» bilan o‘yinda (3:4) sodir bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter