Hujumchi Tomas Myuller «Bavariya» rahbariyati bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Tobi Altshafflning xabar berishicha, 34 yoshli forvard Germaniya chempioni oldiga shart qo‘ygan. Tomas maoshi shu darajada qolsa, yangi shartnoma imzolashga tayyor. Futbolchi maoshini kamaytirishni qat’iyan rad etadi.
Myuller butun faoliyatini «Bavariya»da o‘tkazgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.
Oldinroq matbuotda germaniyalik futbolchi bilan «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/